ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘zining 50-filialini ochib, yil yakuni sarhisobini e’lon qildi

Jamiyat 16:58 / 31.12.2021 9503

ISHONCH — bu muddatli to‘lov asosida maishiy texnika va uy uchun kerakli buyumlarning do‘konlar tarmog‘idir. Tarmoqning birinchi do‘koni 2010 yilda Farg‘ona viloyatida ochilgan. Ayni vaqtda 11 ta hududda joylashgan filiallarning umumiy soni yubiley raqam — 50 taga yetdi.

Foto: ISHONCH

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida siz 7 000 xildan ortiq mahsulotlarni topasiz. Ular orasida: katta va kichik maishiy texnikalar, smartfonlar, planshetlar, noutbuklar, ofis mebellari, uy va bog‘ uchun mahsulotlar, sport tovarlari, musiqiy asboblar, avtomobilga aksessuarlar, bolalar uchun tovarlar va boshqa yana ko‘plab mahsulotlar mavjud.

Foto: ISHONCH

2021 yil davomida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i:

•   10 ta viloyatda 22 ta filiallarini ochdi;

•   Filiallar soni yubiley 50 taga yetdi;

•   1100 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratildi;

• Umumiy xodimlar soni 3300 nafardan ortdi;

• O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda iste’molchilar tanloviga ko‘ra Yil brendi mukofotiga sazovor bo‘ldi.

• Toshkent reklama festivalida 5 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etib, iste’molchilar tanloviga ko‘ra 5 ta oltin, ekspertlar tanloviga ko‘ra 2 ta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.

• O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan Mintaqaviy nooziq-ovqat tovarlari riteyli yetakchisi maqomi berildi.

• EMBRAS 2021 xalqaro tanlovida 2 ta yo‘nalishda sovrindor bo‘ldi.

Foto: ISHONCH

Kompaniya qisqa vaqt ichida aholi orzu va istaklarini haqiqatga aylantirish, ularga erishish uchun imkoniyat yaratgan holda, aholi turmush tarzini rivojlantirish va yuksaltirishni o‘ziga eng oliy maqsad qilib belgilab olgan hamda ushbu maqsad sari olg‘a ildam qadam tashlab bormoqda.

Foto: ISHONCH

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i 2022 yilda 20ga yaqin yana yangi filiallarni ochib, 600 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, turli shahar va tumanlarning aholisi nafaqat qulay hayot uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar, ushbu hududdagi ko‘plab yoshlarning bandligi ham ta’minlanadi.

Foto: ISHONCH
Ko‘proq yangiliklar: