O‘quvchi-yoshlarni birlashtirgan “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati – yutuq va marralar

Jamiyat 19:00 / 30.12.2021 7283

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, unga Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlar va pedagog xodimlarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, maktabdan va sinfdan tashqari ommaviy sport hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtirish, bolalar va o‘quvchi yoshlar, xalq ta’limi tizimi xodimlarini jismoniy tarbiya, sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va sport turlari bo‘yicha musobaqalar, jismoniy ommaviy tadbirlar o‘tkazish orqali ularning harakat faolligini oshirish vazifalari yuklatilib, ushbu vazifalarni amalga oshirishi uchun davlat budjetidan moliyaviy ko‘mak berish belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining xalq ta’limi tizimidagi o‘rni

Baxtiyor Hidoyatov, ilmiy bo‘lim mudiri

– Mamlakatimizning mustaqillikka erishgan ilk kunidan, davlatimiz rahbarlari o‘z oldilariga aholini sog‘lomlashtirish, ularni jismoniy tarbiya va sport orqali harakatlanishga o‘rgatish va hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishni eng dolzarb vazifalardan biri etib belgilab oldilar.

Buning uchun eng avvalo aholining yosh va ko‘p sonli qatlami, ya’ni umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda ommaviy sport tadbirlari, sport musobaqalarini tashkillashtirish uchun aniq rejalar belgilandi.

Shu o‘rinda davlat vazifalariga yaqin ko‘makchilar sifatida nodavlat notijorat tashkilotlariga keng imkoniyatlar yaratilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga kelmoqda.

Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, unga Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlar va pedagog xodimlarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, maktabdan va sinfdan tashqari ommaviy sport hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtirish, bolalar va o‘quvchi yoshlar, xalq ta’limi tizimi xodimlarini jismoniy tarbiya, sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va sport turlari bo‘yicha musobaqalar, jismoniy ommaviy tadbirlar o‘tkazish orqali ularning harakat faolligini oshirish vazifalari yuklatilib, ushbu vazifalarni amalga oshirishi uchun davlat budjetidan moliyaviy ko‘mak berish belgilab qo‘yildi.

“Yoshlik” sport jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish, ushbu tashkilotning amalga oshirayotgan ishlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 1 avguctdagi “O‘zbekicton “Yoshlik” jicmoniy tarbiya va cport jamiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘ricida”gi 210-con qarori qabul qilinib, unga Xalq ta’limi tizimida “Umid nihollari”, “Quvnoq startlar”, “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda”, “Bolajon va Yoshlik sport jamoalari”, “Yozgi ta’til” sport musobaqalari hamda Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy ommaviy sport tadbirlarini o‘quvchi yoshlar orasida yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar berildi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 146-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlar o‘rtacida jicmoniy tarbiya va cportni yanada ommalashtirish, rivojlantirish hamda yukcak mahoratli cportchilar zaxiracini tayyorlash maqsadida respublika prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid qabul qilingan qarorlarida “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga ham a’lohida vazifalar yuklatilganligi, jamiyat faoliyatiga hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan ishonchdir.

Ushbu qarorlar bilan cport jamiyati faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda qo‘shimcha acociy vazifalar yuklatildi. Sport jamiyati belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z ustaviga zarur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 23 apreldagi 504 p – son bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazib faoliyatini yanada jadal yurita boshladi.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga a’zolikka qabul qilish va a’zolik badallarini qanday shakllantiriladi?

Faxriddin Axatov, Rais o‘rinbosari

– O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga a’zolik, jamiyat ustaviga muvofiq 10 yoshdan boshlab ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi va ixtiyoriy ravishda a’zolik badali to‘lanadi.

Jamiyat a’zolari teng huquqli bo‘lib, ularning huquqlari quyidagilardan iborat:

  • o‘z xohishiga ko‘ra jamiyat a’zoligidan chiqish;
  • jamiyatning rahbar organlarini saylash va ularga saylanish;
  • jamiyat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashish;
  • jamiyat faoliyatini yaxshilash bo‘yicha rahbar organga takliflar kiritish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda a’zolik badali yiliga bir marotaba to‘lanadi ya’ni o‘quvchilar uchun bazaviy hicoblash (270 000 co‘m) miqdorining 2 foizi (5 400 co‘m), pedagog va boshqa xodimlar uchun eca bazaviy hicoblash (270 000 co‘m) miqdorining 4 foizi (10 800 co‘m)ni to‘lash belgilangan.

A’zolikka qabul qilingan a’zolarga a’zolik badalini to‘lash majburiy hisoblanmaydi.

Bunda yetim bolalar, maxsus maktab internatlarda tarbiyalanuvchilar, nogironlar va nafaqadagi shaxslar a’zolik badallari to‘lashdan ozod etiladi.

A’zolik badalidan tushgan mablag‘larning taqsimlanishi quyidagicha bo‘ladi:

  • 25 foizi boshlang‘ich filial (maktablar) xarajatlarini;
  • 25 foizi tuman (shahar) bo‘linmalari xarajatlarini;
  • 25 foizi mintaqaviy (viloyatlar) bo‘limlari xarajatlarini;
  • 25 foizi jamiyat (Markaziy kengash) xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tizimidagi sport tadbirlari

Doniyor Karimov, o‘quv-sport bo‘limi boshlig‘i

– Jamiyat tomonidan sport turlari bo‘yicha 2021 yil davomida (tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida) jami 1764 ta sport musobaqalar o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu musobaqalarda 345 744 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi;

Shuningdek, “Quvnoq startlar” ishtirokchilar soni 1 056 532 nafar, “Bolajon va Yoshlik sport jamoalari” ishtirokchilar 3 178 611 nafar, “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida qatnashchilari 150 825 nafar, «Shaxmat chempionati» qatnashchilari 824 734 nafar hamda «Yozgi ta’til» qatnashchilari 2 462 684 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan.

Jamiyatning markaziy kengashi va mintaqaviy bo‘limlarida sport turlarni ham rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Jumladan:

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida 24 ta sport turi mavjud bo‘lib, shundan 12 ( MK da 11 ta) ta sport turi Markaziy kengashda.

Futbol, voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, shaxmat, boks, badminton, yengil atletika, akrobatika, dzyudo, kurash, yunon-rum kurashi, erkin kurash, sambo, turon yakka kurashi, belbog‘li kurash, bel olish kurashi, muay-tay, karate-do, taekvondo, badiiy gimnastika, akademik-eshkak eshish va og‘ir atletika sport turlari.

Ommaviy jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish tadbirlaridan tashqari sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar uzluksiz o‘tkazilib musobaqalar chempionlari hamda sovrindorlari kashf qilinib keladi.

Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati markaziy kengashining 2021 yil uchun tasdiqlangan ommaviy sport tadbirlari taqvim rejaga asosan jami 29 ta sport tadbirlari o‘tkazildi. Shundan:

  • Respublika miqiyosida 11 ta sport tadbirlari tashkil etilgan bo‘lib ushbu musobaqalarda jami 2 500 nafar hamda viloyat miqiyosida 18 ta sport tadbirlarida jami 7 200 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.

Jamiyat tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham maxsus sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazilib kelinadi. Oktabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Yengil atletika, shaxmat, quvnoq estafeta” turi bo‘yicha Respublika final bosqichi musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada jami 104 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqalarning barcha g‘olib sovrindorlari qimmat baho esdalik sovg‘alari va diplom, medallar bilan taqdirlandilar.

Ko‘proq yangiliklar: