Toshkent metropoliteni 31 dekabr kuni tungi soat birgacha ishlaydi

Jamiyat 21:02 / 29.12.2021 5343

Toshkent metropoliteni bayram kunlari uchun belgilangan harakatlanish jadvalini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 31 dekabr kuni metropoliten ish vaqtining tugashi odatdagi jadvaldan bir soatga uzaytiriladi. Barcha metro poyezdlari 31 dekabr soat 5:00 dan 1 yanvar soat 1:00 gacha harakatlanadi.

2022 yilning 1 yanvaridan 4 yanvariga qadar metropoliten yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

Avvalroq bayram kunlari Toshkent jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: