Rollton qimmatli sovg‘alar va Lacetti AT avtomobili o‘yinini o‘tkazdi!

Jamiyat 20:00 / 29.12.2021 15687

Rollton kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqt davomida iste’molchilar qalbini zabt etib, oshxonada betakror yordamchi bo‘lib kelmoqda. Millionlab oilalar ushbu mahsulotga ishonch bildirgan. Retseptlarni ishlab chiqishda sinchkovlik va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida doimiy nazorat tayyor taomning a’lo ta’mini kafolatlaydi.

Bugungi kunda Rollton – sevimli pazandalik olami. Unda ovqat tayyorlash jarayoni qulay, oson va tez kechadi.

«Mareven Fud Tyan-Shan» kompaniyasi 20 sentyabrdan 20 dekabrga qadar maxsus aksiya o‘tkazib, uning doirasida Rollton xaridorlari o‘rtasida qimmatli sovg‘alar o‘ynaldi. Har bir mahsulotning sho‘rva yoki bulonli tarkibi ustida 8 ta belgili promokod tushirilgan. Ishtirok etish uchun xaridorlar promokodni SMS-xabar yoki www.rolltonpromo.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish yo‘li bilan yubordilar.

Aksiyada O‘zbekiston bo‘ylab millionlab insonlar yaxshi ko‘radigan 9 turdagi tezpishar ugralar ishtirok etdi. Biroq, Rollton mahsulotlarining assortimenti kattaligini unutmang: bulonlar va ziravorlardan tortib, kartoshkali pyure va makaron mahsulotlarigacha.

Foto: Rollton kompaniyasi

Har kuni Rollton iste’molchilari 1 000 000 so‘m, har hafta – iPhone 12 va bosh sovrin – Lacetti AT avtomobilini yutib oldilar!

Aksiyani o‘tkazish davrida ishtirokchilar umumiy – 91 mln so‘m, 13 dona iPhone 12 yutib oldilar, hamda 25 dekabr kuni avtomobil o‘ynalib, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Sarvar ismli yurtdoshimizga ajoyib yangi yil sovg‘asi bo‘ldi.

«Bunday aksiyalarda ilk bora ishtirok etishim. Men va butun oilam yangi yilga hashamatli sovg‘aga ega bo‘ldi! Katta rahmat», – deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Sarvar.

«Mareven Fud Tyan-Shan» kompaniyasi g‘oliblarni samimiy qutlaydi va barchaga ishtirok uchun minnatdorlik bildiradi!

Tez orada, hammaga manzur keladigan qimmatli sovg‘alari mavjud yangi aksiyalar boshlanadi!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: