“Men onasiz, turmush o‘rtog‘im otasiz o‘sganmiz” – farzandlari yetim qolishidan qo‘rqayotgan ayol xavotiri

Jamiyat 13:39 / 29.12.2021 10763

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Murodjon Soatov ikkala buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan kurashib yashamoqda. Yigitning qaramog‘ida ikki nafar farzandi, onasi va turmush o‘rtog‘i bor. Ayni paytda u yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtoj. Sababi shifokorlar unga xorijda o‘tkaziladigan buyrak ko‘chirish operatsiyasi lozimligini tavsiya qilishgan.

Muhayyo Normamatova oiladagi yagona boquvchi bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining dardga chalingani tufayli og‘ir sharoitga tushib qolishgani haqida gapirdi. Ayol farzandlarining otasiz qolmasligi uchun unga donorlik qilmoqchi.

“Ikki nafar farzandimiz bor. Hammamiz qaynonamning nafaqa puliga qarab qoldik. Dori-darmonlarga ham pul yetmaydi.

Qo‘limdan faqat bitta buyragimni berish keladi, xolos. O‘zim onasiz, turmush o‘rtog‘im otasiz katta bo‘lganmiz. Bolalarim ham shu kunni ko‘rmasin deb qo‘rqaman”, deya yaxshilarning ko‘magidan umid qiladi ayol.

Murodjonning xastaligidan eng ko‘p aziyat chekayotgan yana bir ayol – uning onasi Zarxol Azizova.

“O‘g‘lim 2 yoshligida otasidan ayrilganmiz. Yolg‘iz boquvchimiz shu bolam edi. Taqdir ekan, shu kunlarniyam ko‘ryapmiz. Uyimizda bor narsalarni sotib uni davolatishga sarfladik”, deydi onaizor.

Oilaning yashash sharoiti og‘ir holatda – tinimsiz davolanishlar, boquvchisiz qolish ularga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Saxiylarning yordami bilan bemor oyoqqa turib farzandlariga bosh bo‘lsin, buning cheksiz savobidan barchamiz bahramand bo‘laylik.

Murodjon Soatovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 6780 1565 onasi Zarxol Azizova nomida

Sberbank: 5336 6902 8002 9564 tanishi Akmal Nortojiyev nomida

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Montajchi – Azimjon Vohidov.

Ko‘proq yangiliklar: