Oqdaryodagi oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida kuygan ayol vafot etdi

Jamiyat 14:16 / 28.12.2021 1187

Joriy yil 19 dekabr kuni Oqdaryo tumanida joylashgan oshxonada ikkita gaz balloni portlagan. Oqibatda oshxonaning taxminan 40 metr kvadrat maydoni shift qismi va jihozlar yongan. Bundan tashqari 10 kishi turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgandi.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, kuyish jarohatlarini olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotgan ayol vafot etgan.

Keyinchalik oshxonada suyultirilgan gaz balloni yaxshi yonsin deb cho‘g‘ ustiga qo‘yib yoqilgani taxmin qilingandi.

Ma’lumot uchun, Oqdaryodagi portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: