Foto: O‘zbekistonda yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi

Iqtisodiyot 13:20 / 27.12.2021 26254

O‘zbekistonda 27 dekabrdan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 000 so‘m va 100 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarildi.

Foto: t.me/bankers_uz
Foto: t.me/bankers_uz
Foto: t.me/bankers_uz

Dekabr oyi boshida O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar chiqarilishi kutilayotgani xabar qilingandi.

16 dekabr kuni Markaziy bank yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotalar dizaynini e’lon qildi. O‘shanda yangi banknotlar 22 dekabrdan muomalaga chiqishi ma’lum qilingandi.

Ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda yangi 50 ming so‘mlik banknota dizaynida chalkashlikka yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi, 17 dekabr kuni Markaziy bank xatolikka yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi va banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda chiqqan 50 ming so‘mlik va 2019 yilda chiqqan 100 ming so‘mlik ham barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: