«O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» respublika tanlovida ITSM xodimi top-100talikka kirdi

Jamiyat 16:00 / 26.12.2021 6656

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini ilgari surgan edi.

24 dekabr kuni Toshkent shahridagi Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, IT-Park va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» respublika tanlovi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.

Foto: “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi

Ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va kimyo texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Maktabdan tashqari ta’lim va elektron resurslarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Abduvaxidov tomonidan taklif etilgan «Mening daraxtim» (My tree) loyihasi final bosqichida g‘olib deb topildi va tanlovda TOP-100talikdan joy oldi.

Foto: “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi, bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyatni inobatga olib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan daraxt ekish hamda ushbu savobli ishda har bir tashkilot-muassasa, har bir fuqaro o‘z o‘rnini topishini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan innovatsion yechimlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi

Eslatib o‘tamiz, mazkur respublika tanlovida umumiy qatnashchilar soni 25094 nafarni tashkil etib, ular orasidan eng sara 100 g‘oya mualliflari «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» maxsus diplomi, statuetka va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti ishtirokidagi «O‘zbekiston yoshlari» ikkinchi forumida o‘z g‘oyalari bilan qatnashish hamda prezident va hukumat rahbarlariga taqdim etiladigan «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» albomiga va O‘zbekistonning TOP-100 yoshlari safiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Ko‘proq yangiliklar: