Hindiston harbiy delegatsiyasi Xorazmda bo‘ldi

Jamiyat 10:56 / 26.12.2021 1682

Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Nipun Anand hamda Hindiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi vakillari polkovnik Rakesh Sharma va mayor Mudassar Javiad Vani tarkibidagi delegatsiya vakillari kelgusi yilda rejalashtirilayotgan o‘zbek-hind o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda Hindiston harbiy kontingentining mamlakatimizga kelishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etgan mazkur uchrashuvda ikki mamlakat vakillarining qo‘shimcha takliflari e’tiborga olinib, ikki davlat harbiylari ishtirokida sport va madaniy tadbirlarni ham tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar rejaga kiritildi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati
Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Shundan keyin mehmonlar «Yangiariq» umumqo‘shin poligonidagi sharoitlar, ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik obektlari, o‘quv markazining imkoniyatlari hamda rejalashtirilgan hamkorlik mashg‘ulotlarini olib borish hududi bilan yaqindan tanishdilar. 

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Navbatdagi o‘zbek-hind harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari tarixdagi uchinchisi bo‘lib, 2019 yilda «Do‘stlik–2019» taktik o‘quv-mashg‘ulotlari O‘zbekistonda, 2021 yilning mart oyida Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasida joylashgan «Chaubatiya» o‘quv markazida o‘tkazilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: