Chilonzorda “parkovka”da turgan 4 mashina yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB buni rad etdi

Jamiyat 13:22 / 26.12.2021 5846

Telegramda Chilonzor-8 mavzesida joylashgan Malika mehmonxonasi oldidagi avtomobillar to‘xtash oyida turgan 4 mashina yonib ketgani haqida video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, avtoturargoh omborida kelib chiqqan yong‘in natijasida avtomobillarga ziyon yetmagan.

Foto: IIBB axborot xizmati

“Internetda tarqalgan xabarlarda yong‘in oqibatida 4 ta mashina yonib ketgani aytilgan, ammo bu ma’lumot asossiz. 2021 yil 26 dekabr kuni soat taxminan 8:00 larda Chilonzor tumanining 8-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining qarshisidagi avtoturargoh omborida yong‘in yuz bergan.

Yong‘in oqibatida hech qanday transport vositasi zarar ko‘rmagan. Shu bilan birga, ushbu ofat tufayli tan jarohati olganlar kuzatilmagan. Voqea joyiga mas’ul xizmatlar qisqa fursatda yetib borgan. Yong‘in to‘liq bartaraf etilgan”, deydi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov.

Foto: IIBB axborot xizmati

Avvalroq Samarqandda “Lada”, Qarshida “Gazel”, Tashkent City yaqinida esa Orlando rusumli avtomobil yonib ketgani, Marg‘ilonda Cobalt bilan to‘qnashib alangalangan Damas ichida haydovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: