Navoiyda Rossiyadan olib kelinayotgan ov quroli va o‘qlar to‘xtatib qolindi

Jamiyat 11:02 / 25.12.2021 1331

Ma’lum qilinishicha, Navoiy xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Novosibirsk-Navoiy” yo‘nalishi bilan Rossiya Federatsiyasidan uchib kelgan fuqaro I.Z.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Jarayonda yo‘lovchi tegishli ruxsatnomasiz 25 dona 16 kolibrli o‘qotar ov quroliga mo‘ljallangan “Tulammo” nomli o‘q hamda 1 dona miltiq qo‘ndog‘ini olib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiyda haydovchi mashinasida to‘pponcha olib yurgani aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: