Navoiyda 4 nafar egizak dunyoga keldi

Jamiyat 16:32 / 25.12.2021 16606

23 dekabr kuni Navoiy shahrida biryo‘la 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 o‘g‘il tug‘ildi. Chaqaloqlarning ota-onasi Shomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining Talqoq mahallasida istiqomat qilishadi. Ular 2020 yilda turmush qurishgan.

“Skrining tekshiruv paytida chaqaloqlar 4 nafar ekani ma’lum bo‘lgandi. Ularning 2 nafari qiz va 1 nafari o‘g‘il ekanini o‘shandayoq aniq aytishgandi shifokorlar. Albatta, quvonchimning cheki yo‘q”, – deydi chaqaloqlarning otasi Shomurod Farmonov.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi bola 1 570 gramm, ikkinchi bola 1 460 gramm, uchinchi bola 910 gramm, to‘rtinchi bola esa 1 280 grammni tashkil etgan.

DXA Navoiy viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan sayyor tartibda xizmat ko‘rsatilib, chaqaloqlarning yaqinlariga tug‘uruqxonaning o‘zida tug‘ilganlik guvohnomalari, bank xodimlari tomonidan suyunchi puli topshirilgan.

Foto: DXA Navoiy boshqarmasi

Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham shifokorlar nazoratida.

Ko‘proq yangiliklar: