Bir qancha «soxta» oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berildi

Jamiyat 18:48 / 24.12.2021 28758

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov telegram kanalida yozishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan bir qator tashkilotlar o‘zlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sifatida targ‘ib qilishi holatlari uchramoqda.

«Xususan, ko‘pchilik “Valley Innovative University”, Samarqand–Koreya xalqaro universiteti, Angren–Koreya xalqaro universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi deb murojaat qilmoqda.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotgani aytilmoqda.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinmaydi», — deya yozdi Shavkat Xo‘jaqulov.

Ko‘proq yangiliklar: