Surxondaryoda qoramol o‘g‘rilari ushlandi

Jamiyat 13:42 / 23.12.2021 2114

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaroning ikki bosh zotdor qoramolini o‘g‘irlagan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 9 dekabr kuni Termiz tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi F.Jonibek tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

U murojaatida 2021 yil 9 dekabr kuni tunda Termiz tumani Bunyodkor mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan molxonasidan 2 bosh, jami narxi 14 million so‘mlik qoramollarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Termiz tumanida yashovchi S.Sanjar va Ch.Chorsha o‘g‘irlab ketgani aniqlanib ushlangan. Ulardan ashyoviy dalillar olingan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 12 dekabr kuni S.Sanjar va Ch.Chorshaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: