Surxondaryoda mashina olib berishini aytib fuqaroning 48 million so‘m pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 17:01 / 23.12.2021 720

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida mashina olib berishini aytib fuqaroning 48 million so‘m pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sherobod tumani Galaguzar mahallasida yashovchi S.Sardor tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2020 yil 20 may kuni Sherobod tumani Katta hayot mahallasi hududida joylashgan choyxonada tanishi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi Ya.Yarash “Neksiya-3” mashinasini olib berishini aytib 48 million so‘m pullarini olib, o‘zlashtirib ketganligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 13 dekabr kuni Ya.Yarashga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: