Samarqanddagi xonadonlardan biridan ikki kishining jasadi topildi

Jamiyat 13:58 / 22.12.2021 16370

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi xonadonlardan biridan ikki kishining jasadi topilgan. Bu haqda tuman hokimining mazkur baxsiz hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazish haqidagi qarorida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 11 dekabr kuni Samarqand tumani “Yuqori Turkman” MFY Yangihayot ko‘chasi 1-uyda yashovchi U.A.ning xonadonida 2 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ushbu 2 fuqaro noma’lum etnologik moddadan zaharlangan deb gumon qilinmoqda. Ular tabiiy gazdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida vafot etgan.

Shu munosabat bilan tuman hokimi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan baxsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 64-sonli qarorning 32 bandi “a” qismining 2-xatboshisiga asosan sodir bo‘lgan baxsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Qarorda tuman mas’ullariga sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan komissiya tuzish va baxsiz hodisa sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganish vazifasi yuklangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Past Darg‘om tumanida joylashgan korxonalardan biriga qarashli konteynerdan ikki kishining jasadi chiqqan va ular ham is gazi tufayli vafot etgani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: