2021 yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston qancha oltin sotgani ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 14:23 / 21.12.2021 21403

2021 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37,94 milliard dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 4,95 milliard dollarga ko‘paygan (o‘sish — 15 foiz). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

Tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmida eksport 15,45 mlrd dollar, import esa 22,48 mlrd dollarni tashkil etgan. Hisobot davrida 7 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda 20 ta yirik hamkor davlat qatorida to‘rt davlat: Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi mavjud. Qolgan 16 ta davlat bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolgan. 

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (17,7 foiz), Rossiya (17,4 foiz), Qozog‘iston(9,3 foiz), Turkiya (8 foiz), Koreya (4,4 foiz), Qirg‘iziston (2,2 foiz) va Germaniya (1,8 foiz) bilan qayd etilgan.

Joriy yilning 11 oyi davomida 4,1 mlrd dollarli (umumiy eksportning 26,6 foizi) oltin eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 5,8 mlrd dollarni (umumuiy eksportning 40,9 foizi) tashkil etgan.

Bundan tashqari, 684,8 mln dollarli (o‘tgan yilga nisbatan 48,1 foizga ko‘p) tabiiy yoki sun’iy gaz, 71,2 mln dollarli neft va neft mahsulotlari (o‘tgan yilga nisbatan 69,1 foizga ko‘p), 64,9 mln dollarli (o‘tgan yilga nisbatan 53,9 foizga kam) elektr toki eksport qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: