Toshkent viloyatida joriy yilda 273 mln dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi

Iqtisodiyot 17:54 / 12.12.2021 13199

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida 2021 yilda agrar sohada erishilgan natijalarga to‘xtaldi.

Foto: toshvil.uz

Xususan, yil davomida hududda 787 ming tonna g‘alla, 247 ming tonna paxta, 1558 tonna pilla, 1 mln 648 ming tonna meva-sabzavot, 287 ming tonna go‘sht va 994 ming tonna sut mahsulotlari hamda 1 mlrd 552 mln dona tuxum yetishtirilgan.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 230 ming tonnasi qayta ishlanib, 273 mln dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi”, deyiladi hokim tabrigida.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilda paxtachilik klasterlari tomonidan 107 ming 707 tonna yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 102 foiz miqdorida paxta xomashyosi yetishtirildi.

“Bu yilgi paxta xomashyosini 2020 yilga nisbatan taqqoslaganimizda yetishtirilgan paxta 7 ming 562 tonnaga, o‘rtacha hosildorlik 5 sentnerga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilda yetishtirilgan hosilning 67 ming 525 tonnasi yoki 28 foizi paxta terish mashinalarida terib olindi. 2020 yilda paxtaning 49 ming 216 tonnasi yoki 20,5 foizi mashinalar yordamida terilganini hisobga olsak, o‘tgan yilga nisbatan 18 ming 309 tonnaga yoki 27 foizga ko‘payganiga guvoh bo‘lamiz.

Albatta, bu kabi salmoqli natijalarga erishishda qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangilanganligi, jumladan, joriy yilda 64 mlrd so‘mlik jami 5053 dona texnik agregatlar, shundan 7 dona g‘alla o‘rish kombayni, 34 dona paxta terish mashinasi olib kelingani muhim omil bo‘ldi. Shundan 28 mlrd so‘mlik 329 ta texnika paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sotib olindi”, deya hokim so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: