Virtual yaxta 650 ming dollarga sotildi

Jahon 20:57 / 01.12.2021 7044

Metaflower Super Mega Yacht nomli virtual kema NFT-tokenga o‘tkazilib, The Sandbox uchun rekord narxga — 149 efirga (650 ming dollar) sotildi.

“Hashamatli” yaxta 2ta vertolyot uchish-qo‘nish maydonchasi, jakuzi va boshqa qulayliklar bilan jihozlangan.

Yaxtani sotib olgan shaxs The Fantasy Marina virtual prichallaridan foydalanish huquqini ham qo‘lga kiritgan.

The Sandbox virtual olam bo‘lib, unda ishtirokchilar turli o‘yin kontenti yoki virtual tajribalarni yaratish, sotish va daromad olish imkoniga egalar. Bunda savdo obekti NFT-tokenlar hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: