Dubai Opera’da «Lazgi - qalb va muhabbat raqsi» baletining xalqaro premerasi bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston 07:20 / 29.11.2021 6252

Uning ma'lum qilishicha, spektaklga BAA Federal milliy kengashi spikeri Sakr Bin Gubash Said Gubash, Dubay hukumati mediaofisi bosh direktori Mona Ganem Al Marri, BAA ijtimoiy rivojlanish vaziri Hessa Bint Essa Buxumaid tashrif buyurdi.

“Yurtimiz madaniyati xorijda qanchalik iliq, hayajon bilan qabul qilinayotganini ko‘rib ruhlanib ketaman. Biz jahon jamoatchiligiga eng asl durdonalarimizni taqdim etar ekanmiz, ular butun dunyoning mulkiga aylanadi.

Baletning xalqaro gastrollari boshlanmoqda. Birinchi bekat - Dubai Opera. Uning zafarli yurish qilishiga ishonchim komil. Shubhasiz, bu mamlakatimiz san'atining salohiyatini kengaytirish, boy madaniyatini namoyon etish va O‘zbekiston imijini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva
Foto: t.me/SShMirziyoyeva

Ma'lumot uchun, Dubayda «Expo-2020» butunjahon ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘nggi yillarda mamlakat ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish rejasi, investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatchilikka namoyish etilayotgan O‘zbekiston Milliy paviloni o‘z ishini amalga oshirmoqda.

Dubaydagi butunjahon ko‘rgazmasi faoliyati davomida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakat madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva

O‘z navbatida, xalqaro auditoriyaga o‘zbek xalqining asl an'analarini namoyish etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etildi. «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining sahnalashtirilishi O‘zbekiston baletini yangi bosqichga olib chiqdi va ilk bor dunyo bo‘ylab sayohatini boshladi. Birinchi marta O‘zbekistonning eng mashhur raqslaridan biri, madaniy meros va tarixi «Dubai Opera» ko‘p formatli san'at markazi sahnasida namoyish etildi.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva

Xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri balet truppasi ijro etgan spektaklning ilk taqdimoti joriy yilning 5 sentyabr kuni Toshkentda, YuNESKO homiyligida bo‘lib o‘tdi hamda professional hamjamiyatning yuksak e'tirofi va bahosiga sazovor bo‘ldi.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva

2019 yilning 12 dekabr kuni YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi «Xorazm raqsi - lazgi»ni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi vakillik ro‘yxatiga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: