Yevrokomissiya YeI mamlakatlariga Afrika janubiga parvozlarni to‘xtatishni taklif qildi

Jahon 22:02 / 26.11.2021 3231

Yevropa Komissiyasi (YeK) Yevroittifoq mamlakatlariga Afrika janubidagi qator mamlakatlarga parvozlarni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi, dedi YeK rahbari Ursula fon der Lyayyen.

“Mutatsiyalar virusning yanada og‘ir turlari bir necha oy ichida butun dunyoga tarqalishiga olib kelishi mumkinligini bilamiz. Hozirda Yevropada hamma juda tez, qat'iy va birlashib harakat qilishi lozim. Bugun Yevrokomissiya yangi mutatsiya tarqalishini cheklash uchun a'zo mamlakatlarga Afrika janubidagi va boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishni taklif qildi”, — dedi u.

“Bu mamlakatlarga barcha aviaqatnovlar to‘xtatilishi kerak. Qatnovlar yangi variant qanday xavf solayotgani borasida aniq tushunchaga ega bo‘lgunimizga qadar to‘xtatilishi darkor” — deya qo‘shimcha qildi fon der Lyayyen.

Avvalroq o‘ndan ortiq mamlakat yangi shtamm bois Janubiy Afrikaga parvozlarni taqiqlagandi.

Koronavirusning yangi B.1.1.529 varianti Janubiy Afrika, Botsvana, Isroil, Hongkong va Belgiyada aniqlangan. 

Yangi variant 32ta mutatsiyaga ega. Virusologlarning qayd etishicha, virus mutatsiyalarining ko‘pligi juda jiddiy muammo. 

Ko‘proq yangiliklar: