Yaponiyada ish! Bu yuqori daromad, taraqqiy etgan davlatda yashash va sayohat demakdir! 

O‘zbekiston 10:44 / 26.11.2021 7423

Yaponiyada ishlashni istagan fuqarolar ishga ketish uchun tayyorlov kurslariga Davlat Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi orqali BePUL o‘qish uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Avvalo, yapon tilini boshlang‘ich darajada o‘rganish talab etiladi. Sizda esa, bu tilni bepul o‘rganish imkoniyati ham bor. Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Bandlik boshqarmalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallaridan Yapon tili va kasbiy malaka markazida o‘qish yo‘llanmasini olishingiz kifoya. 

 Yo‘llanma qanday olinadi?

 1. Fuqaro o‘zi yashab turgan tuman bandlik bo‘limiga murojaat qiladi yoki labormigration.uz portalida ishsiz yoki ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 

 2. Unga Nippon Educational Academy kasbiy malaka oshirish va yapon tili kurslariga (qariyalarni parvarishlash va qishloq ho‘jaligi yo‘nalishi) #yo‘llanma va 3 tomonlama shartnoma beriladi. 

 Eslatma: Shartnoma aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari, Bandlik boshqarmasi yoki tuman bo‘limi tomonidan imzolangan bo‘lishi shart. 

 3. Fuqaro imzolangan shartnoma va Yo‘llanma bilan markazga keladi hamda o‘qishga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqariladi. 

 4. Ishsiz yoki ish izlayotgan fuqaro o‘qishni boshlashdan avval o‘zi bilan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

  • Pasport nusxasi
  •  Yo‘llanma
  • Shartnoma (imzolangan)
  • Darslik uchun 265 000 so‘m bank to‘lov varaqasi. 
  • Rasm 4/5
  • Papka

 Shu bilan birga, o‘z hisobidan Yapon tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun chegirma mavjud. 1 semestr uchun 2 500 000 so‘m. O‘qish 2 semestrdan iborat bo‘lib umumiy 6 oyni tashkil etadi.   

Yo‘llanma va shartnoma olish jarayonida muammo yuzaga kelsa +998955120808 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

 Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter

Ko‘proq yangiliklar: