Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlandi. O‘rniga daraxtlar ekiladi

O‘zbekiston 19:28 / 26.11.2021 7481

Toshkent viloyati hokimligi binosi atrofini o‘rab turgan panjaralar olib tashlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Nurafshon shahrida istiqomat qilayotgan aholi hamda mehmonlarning mazmunli dam olishlari uchun bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, viloyat hokimligi binosiga yondosh hududda joylashgan «Amfiteatr» binosini qayta ta’mirlash hamda atrofida ko‘ngilochar maskanlarni tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar davom etyapti.

Shuningdek, mazkur hududda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib boriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur loyihaning ishga tushish vaqti 2022 yilga mo‘ljallangan. Bog‘ va «Amfiteatr» binosi to‘liq foydalanishga topshirilgach, 150 ta ish o‘rni yaratiladi.

Ma’lumot uchun, shu yilning avgust oyida Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi mahalliy hokimliklar va davlat tashkilotlari panjara bilan o‘rab olinganini tanqid qilgani ortidan viloyatdagi ayrim tuman hokimliklari panjaralarni olib tashlangandi

Ko‘proq yangiliklar: