Qashqadaryoda 1,5 million so‘m pora olgan maktab direktori 5 yilga qamaldi

O‘zbekiston 12:01 / 26.11.2021 1194

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi sport maktabining sobiq direktori 1,5 million so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 avgust kuni DXX hamda Bosh prokuratura departamentining Kitob tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tumandagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori M.X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 million so‘m pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudida M.X.ga oid sud ishi ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi M.X. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilgan. Sobiq direktorga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: