OTB Toshkent viloyati suv ta'minotini yaxshilash uchun 161 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 12:21 / 26.11.2021 11944

Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida oqova suvlarning integratsiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun 161 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi, deb xabar berildi OTB saytida.

Loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinozdagi markazlashgan oqova suv tizimlari modernizatsiya qilinadi. Loyiha tozalash inshootlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta aholi punktlarida 136 ming aholiga septiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimidan foydalanishi ta'minlanadi.

«Ushbu loyiha suv va kanalizatsiya boshqaruvi uchun sun'iy intellekt, masofaviy datchiklar kabi raqamli texnologiyalarni o‘z ichiga olgan aqlli yechimlarni namoyish etadi», dedi OTBning shaharsozlik bo‘yicha katta mutaxassisi Chon Xo Kim. 

Bundan tashqari, OTB institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun 800 ming AQSh dollari miqdorida texnik yordam granti ajratadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: