Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Korrupsion holatga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchi ta'lim tizimida ishlamasligi kerak” –– Rahimjon Hakimov
“Hozir professor-o‘qituvchining oyligi 11-13 mln so‘m. Ya'ni 5 yil ichida 3-4 baravarga oshdi. Yaxshi maosh olib korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi kerak”, dedi Rahimjon Hakimov.

Foto: Kun.uz
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida professor-o‘qituvchilar korrupsiyaga aralashgani aniqlansa, ularga keskin choralar ko‘rilishini, chunki ta'lim vatan kelajagi ekanini aytdi.
“Korrupsion holatga yo‘l qo‘ygan professor-o‘qituvchi oliy ta'lim tizimida ishlamasligi kerak. U yerda bunday o‘qituvchiga o‘rin yo‘q. Chunki ta'lim vatan kelajagini belgilaydi. Hozir professor-o‘qituvchining oyligi 11-13 mln so‘m. 5 yil ichida oyliklar 3-4 baravar oshdi. Bunaqangi sharoit hech qayerda yo‘q.
Agar shunday holatda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, albatta biz chiday olmasligimiz kerak. Bu mehnat shartnomalariga ham kiritildi. Korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchilarga nisbatan eng keskin choralar ko‘rilishi zarur”, dedi vazir o‘rinbosari.
Aytilishicha, ayni paytda ta'lim sifati tushib ketmoqda. Sababi oxirgi 4 yil ichida talabalar soni 3-4 baravarga oshdi. Natijada yetarli o‘qituvchilar topish muammo bo‘lib qoldi.
“Bizni qiynayotgan masalalardan yana biri auditoriyalar yetishmayapti. Buning ham choralarini o‘ylayapmiz. Oliy ta'lim vazirligi hozirgi asosiy vazifasini ta'limda sifatni ta'minlash qilib belgilagan. Barcha o‘quv-reja va dasturlarni qayta ko‘rib chiqyapmiz. Ularni o‘zgartirmasak sifat o‘zgarmaydi”, deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Rahimjon Hakimov ayni paytda respublikada 750 ming nafardan ortiq talaba tahsil olayotganini, 2016 yilda esa bu ko‘rsatkich qariyb 3 barobar kam – 275 ming nafar bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025