Amerikalik bloger 456 ming dollar pul tikib haqiqiy “Kalmar o‘yini” uyushtirdi

Jahon 21:08 / 26.11.2021 12782

YouTube platformasida 78,2 million obunachiga ega bo‘lgan bloger Jimmi Donaldson (MrBeast) Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialini sahnalashtirdi. Loyiha davomida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi The New York Post.

Donaldson tashkil etgan o‘yinda 456 ishtirokchi 456 ming dollarlik yutuq uchun bellashdi.

Serialni qayta jonlantirish blogerga 3,5 million dollarga tushdi, buning 2 millioni dekoratsiya va 1,5 millioni yutuqlar uchun sarflandi.

G‘olibga bosh yutuq nasib etgan bo‘lsa, har bir o‘yinchiga ikki ming dollardan va ikkinchi o‘rinni olgan ishtirokchiga o‘n ming dollar berildi.

Musobaqa serialdagi o‘yinlar asosida o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilar “yo‘q qilinmadi”, balki o‘yindan chiqib ketdi. 

Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali omon qolish haqida bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: