Alisher Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank» aksiyalarini xarid qildi

Iqtisodiyot 15:44 / 26.11.2021 34650

«Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki 215,3 mlrd so‘mlik aksiyalari qo‘shimcha emissiyasini joylashtirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bankning ushbu aksiyalarini Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasi shu'ba korxonasi — «Telekominvest» MChJ xarid qilgan.

«Kapitalbank»ning aksionerlari ulushida ro‘y bergan so‘nggi o‘zgarishga ko‘p bo‘lmadi. Joriy yil noyabr oyi boshida tijorat bankining 34,1 foiz ulushini Oybek Tursunov sotib olgandi va shu bilan Tursunov egalik qiladigan aksiyalar ulushi 50 foizga yetgandi. Uning qo‘lidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani tashkil qilmoqda

Alisher Usmonovga qarashli kompaniyaga esa 65 973 307 dona aksiya o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida USM Telecom (Alisher Usmonovning USM holdingi shu'ba korxonasi) va «Megafon» aloqa kompaniyasi (100 foiz ulushi USM Telecom’ga tegishli) Digital Holding qo‘shma korxonasiga asos solgan, uning tarkibiga Ucell aloqa operatori va boshqa qator mahalliy kompaniyalar kirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: