Toshkentdagi AYoQShlarda AI-80 benzini taqchillashmoqda. «O‘zbekneftgaz» vakili izoh berdi

Iqtisodiyot 15:36 / 24.11.2021 18398

24 noyabr kuni kunning birinchi yarmida Toshkent shahridagi ayrim AYoQShlarda AI-80 markali benzinni topib bo‘lmagan.

Kun.uz muxbiri «O‘zbekneftgaz»ga qarashli ba'zi AYoQShlarga borib, shu markadagi benzin bor yoki yo‘qligi bo‘yicha holatni o‘rgandi. 

«Kichik halqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chalari kesishmasiga yaqin joyda va Uchtepa tumani hokimligi ortida joylashgan shoxobcha va Qorasaroydagi shoxobchadagi vaziyat o‘rganildi.

«O‘zbekneftgaz» matbuot kotibi Siyovush To‘raxo‘jayev vaziyat bo‘yicha izoh berib, ayrim shoxobchalarda benzin tez tugab qolayotgani, sababi esa boshqa AYoQShlarga qaraganda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli shoxobchalarda benzin narxining 1500 so‘mgacha arzon ekanligi bilan izohladi. 

Shuningdek, u “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda benzin uzilishiga shu vaqtga qadar yo‘l qo‘yilmagani va bu qattiq nazoratga olinganini ta'kidladi. 

Agar benzin tugadi deb aytishlari va shu kabi boshqa holatlar bilan bahona qilishlariga duch kelsangiz, (71) 200-01-24 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib ma'lumot olish va shikoyat qoldirish mumkinligini qo‘shimcha qildi..

Umid qilamiz, mas'ullar nafaqat yonilg‘i bir maromda yetkazib berilishi, balki uning narxi ham mo‘'tadillashishiga harakat qilishadi.

Ko‘proq yangiliklar: