Samarqandda konteynerdan jonsiz holda topilgan ikki ishchi is gazidan vafot etgani ma'lum qilindi

Jamiyat 20:13 / 24.11.2021 18411

Samarqandda konteyner ichidan ikki nafar ishchining jasadi noma'lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ularning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ikki nafar yollanma ishchi 17 noyabr kuni «Agrokimyota'minotservis» MChJ hududidagi yashash uchun moslashtirilgan konteynerda qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: