1 yilda 3,6 mln kvadrat metr sopol koshin ishlab chiqarilmoqda. “Orient keramik” MChJga press-tur tashkil etildi

Iqtisodiyot 19:30 / 17.11.2021 13515

Dastlab, OAV vakillari yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik plitka ishlab chiqarish sexi bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida jurnalistlar mahsulot tayyorlanish jarayonlari, ishchi-xizmatlar uchun yaratilgan sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi. E'tiborlisi, qalam ahli egalari bu yerda mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati
Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari korxona shourumida bo‘lishdi va mahsulot turlari bilan tanishishdi. Mutaxassislar eksport ko‘lami va ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumotlar berishdi.

Press-tur davomida OAV vakillariga “Orient keramik” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati
Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati

OAV vakillarida jamiyatdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati
Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun, “Orient keramik” MChJ Chilonzor tumanidagi sanoat zonasida 3,6 gektar hududda joylashgan. 2019 yil iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan loyihaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo‘lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda 270 ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, mas'uliyati cheklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda. Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘i Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: