O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi

Iqtisodiyot 15:54 / 16.11.2021 18974

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich, 1 oktabr holatiga ko‘ra, 34,41 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 800 mln dollarga oshganini ko‘rsatmoqda.

Oktabr oyi davomida oltin hajmi 12,3 mln troya unsiyadan 12,1 mln troya unsiyaga (taxminan 6,2 tonna) kamaygan bo‘lsa-da, uning qiymati 21,34 milliard dollardan 21,66 milliard dollarga ko‘paygan.

Shuningdek, xorijiy valuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 11,95 mlrd dollardan 12,41 mlrd dollarga oshgan.

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma shakldagi monetar oltindan iborat.

Ma'lumot uchun, 1 noyabr holatida 1 unsiya oltinning narxi 1780 dollarni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: