“Kapitalbank” aksionerlarining ulushlari miqdorida o‘zgarish bo‘ldi

Iqtisodiyot 16:36 / 04.11.2021 18358

“Kapitalbank” ATBning 50 foiz aksiyalari tadbirkor Oybek Tursunovga o‘tdi. Bu haqda “Toshkent” respublika fond birjasi saytida ma'lumot berilgan.

Birjadan tashqaridagi savdo amaliyoti 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan va tuzilgan bitimga ko‘ra, “Kapitalbank”ning 112 490 703 dona oddiy aksiyalari tadbirkor tomonidan sotib olingan. Bu – bank umumiy aksiyalarining 34,1 foizini tashkil qiladi. Rasmiy manbada xarid qiymati ochiqlanmagan.

Spot ma'lumotiga ko‘ra, bungacha Oybek Tursunov bankning 15,9 foiz oddiy aksiyalariga egalik qilgan va ayni paytda uning qo‘lida 164 927 890 dona oddiy bank aksiyasi jamlangan. Umumiy hisobda tadbirkor “Kapitalbank”ning 50 foiz aksiyalariga egalik qilmoqda.

2020 yil may oyida Oybek Tursunov Uzcard'ning 75 foiz ulushiga ega bo‘lgan, biroq o‘sha yilning avgustida aksiyalarning 51 foizlik nazorat paketi O‘zbekiston Milliy bankiga, yana 6 foizi esa boshqa to‘rtta bankka o‘tkazilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: