Buxoroda Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston 16:11 / 02.11.2021 2103

Buxoro shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi o‘quvchilari, nuroniylar va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova qatnashib, nutq so‘zlagan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

2019 yilning mart oyida qurilishi boshlangan Prezident maktabida ikki gektar hududda zamonaviy loyiha asosida 168 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli o‘quv binosi, uch qavatli yotoqxona, barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari barpo etildi. Ta'kidlanishicha, maktabda o‘quv jarayoni Cambridge Assessment ta'lim tashkilotining dasturi asosida olib boriladi. Mahalliy o‘qituvchilar bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSh kabi xorijiy davlatlardan yuqori malakali o‘qituvchilar taklif etilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun, mazkur Prezident maktabiga 2021-2022 o‘quv yilida o‘qish istagini bildirib 6 ming nafardan ortiq talabgor hujjat topshirgan hamda ikki bosqichli sinovda ulardan 144 o‘quvchi saralab olingan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: