O‘zbekistonda biznes-ombudsmanga murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki barobar ko‘paydi

Iqtisodiyot 15:45 / 01.11.2021 10148

Qayd etilishicha, 2021 yilning 9 oyida biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq murojaatlari o‘rganilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga qaraganda ikki barobarga ko‘p. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning deyarli 3 mingtasi qanoatlantirildi, qolganlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Biznes-ombudsman tomonidan 2021 yilning 9 oyida tadbirkorlar manfaatida sudlarga 28 milliard so‘mlik da'vo arizalar kiritildi. Joriy yil ma'muriy javobgarlikka tortilganlar soni keskin ko‘paygan va o‘tgan yilga nisbatan 740 nafarga oshgan.  

Biznes-ombudsmanga eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar soni Toshkent shahri (643), Toshkent viloyati (583) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (540) to‘g‘ri kelgan. Sohalar kesimida tadbirkorlarni eng qiynayotgan muammolar bu — yer masalasi (1 179) va kredit ajratilishi (1 119). 

Ko‘proq yangiliklar: