Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmoq qurilishini davom ettirmoqda

Jamiyat 14:51 / 22.10.2021 4295

Shu yilning III choragida mamlakat bo‘ylab yangi tayanch stansiyalari o‘rnatildi, ulardan ko‘pi olis masofadagi joylarda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish imkonini berdi. Yaqin kunlarda Farg‘ona viloyati So‘x anklavidagi o‘rnatilgan yangi baza stansiyasi sababli mahalliy aholiga barqaror yuqori sifatli ovozli aloqa va ma'lumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Qo‘shimcha uskunalar tufayli oktabr oyida 4G tarmog‘ida internet trafik yil boshiga nisbatan 45% ga, ma'lumotlarni uzatish tezligi esa 1,5 barobarga oshdi.

Shu kunlarda mamlakatning chekka joylaridan biriga yuqori sifatli mobil internet taqdim etildi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Shali qishlog‘ida ikkita tayanch stansiya modernizatsiya qilindi. Kompaniya mutaxassislari tezkor montaj qilib uskunalarni o‘rnatishdi, ishga tushirib va sinovdan o‘tkazib, hududni 3G tarmog‘i bilan ta'minladi.

“Bizning texnik guruhimiz ishi tufayli mobil internet yana bir hududda paydo bo‘ldi. Mutaxassislarimiz butun mamlakat bo‘ylab abonentlarning ehtiyojlarini qondirish uchun eng yaxshi qamrov va eng yaxshi aloqa sifatiga erishish uchun keng polosali simsiz ulanish tarmog‘ini kengaytirishni tezlikda davom ettirishdi. Bizning abonentlarimiz eng tez mobil tarmoqqa* doimiy kirishlarini ta'minlash uchun bizda barcha resurslar bor. O‘sishimiz va rivojlanishimizga, aloqa va internetni sifatli va arzon qilishimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman!” - deydi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmud Nodirov.

Hozirgi vaqtda kompaniya mutaxassislari paketli ma'lumotlarni uzatish yadrosi (vEPC) uchun uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni yakunladi, bu esa abonentlarni 40% ko‘proq internet trafik bilan ta'minlaydi.

Bugungi kunda deyarli hamma joyda kuzatilayotgan trafikning o‘sishi, ma'lumotlarni uzatishga bo‘lgan talab doimiy ravishda oshib borayotganidan dalolat beradi. Shu bois Beeline tarmog‘ini faol modernizatsiya qilish va qurish kelgusida ham davom etadi. Maqsad bitta – abonentlar manfaatlari yo‘lida aloqa xizmatlari va tarmoq sifatini oshirish.

*«Ookla» (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi) ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil Internetni taqdim etdi. Har yili dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil Internet sifatini o‘rganish natijalarini «Ookla» saytida ko‘rish mumkin.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beelineuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: