Alek Bolduin syomka vaqtida operatorni otib qo‘ydi

Jahon 12:40 / 22.10.2021 38556

Film s'yomkasi bilan shug‘ullangan kompaniya vakili The Hollywood Reporter nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra,, hodisa Bolduin bo‘sh patronlar bilan otishi kerak bo‘lgan sahnalarni suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan. Qurol suratga olish maydonida rekvizit predmeti vazifasini o‘tagan.

«Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, bu sahna olinayotgan vaqtda to‘pponcha ishlatilishi kerak bo‘lgan. Detektivlar aynan qanday o‘q otilganini aniqlashga (to‘pponchaga qanday sharoitda jangovar patronlar solingani) harakat qilmoqda», deya politsiya bayonotidan parcha keltiradi «Frans press».

42 yoshda bo‘lgan Hatchins vertolyot orqali shifoxonaga olib ketilgan, ammo yo‘lda uning joni uzilgan. 48 yoshli Souza tez yordam mashinasi orqali shifoxonaga yetkazilgan.

Jurnalist Tessa Mentus tvitterdagi sahifasida s'yomka vaqti olingan suratni joylashtirgan. Hodisa tez-tez Hollivud filmlari olib turiladigan Santa-Fe shaharchasidan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan Bonanza Krik ranchosida ro‘y bergan.

«Bolduin politsiyachilarga ko‘rsatma berdi. U ularning savollariga javob qaytardi. U ixtiyoriy ravishda keldi va ko‘rsatma berganidan keyin binoni tark etdi. Hozircha unga nisbatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan va hech kim hibsga olinmagan», deydi Santa-Fe sherifining rasmiy vakili «Frans press» agentligiga.

Santa Fe New Mexican gazetasi ro‘y bergan hodisadan keyin Bolduinning avtoturargohda aftoda holda turgan suratini e'lon qildi. Nashrning yozishicha, nashr jurnalisti aktyorni politsiyachilar bilan gaplashib chiqqandan keyin yig‘layotgan holatda ko‘rgan.

Halok bo‘lgan operator - Ukrainadan
Galina Hatchins o‘z saytida «kiyiklar hamda atom suvosti kemalari orasida» tug‘ilgani va o‘sgani haqida yozgan: u sovetlarning Qutb doirasidagi harbiy bazasida xizmat qilgan harbiy oilasida dunyoga kelgan. Kiyev davlat universitetini «xalqaro jurnalistika» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, keyin Buyuk Britaniyada hujjatli filmlar olish jarayonlarida ishlagan.

Galina Hatchins 2019 yilda. GETTY IMAGES

2015 yilda AQShda kinematografiya bo‘yicha ta'lim olib, operator sifatida muvaffaqiyatli faoliyat boshlagan. 2019 yilda uni Amerika kinematografiyasidagi yangi porlayotgan yulduzlardan biri sifatida e'tirof etishgan. U suratga olgan kartinalar qatorida superqahramonlar haqidagi Archenemy («Maks Fist») filmi va qo‘rqinchli janrdagi Darlin filmini keltirish mumkin.

Instagramdagi sahifasida joylashtirilgan so‘nggi postlaridan biri - u ot minib olgan holda ketayotgan video bo‘lgan, u videoga shunday ilova qiladi: «Vestern suratga olishning afzalliklaridan biri - dam olish kunlari otda sayrga chiqish mumkinligidir».

The Hollywood Reporter gazetasining yozishicha, Bolduin Rust  kartinasida o‘tmishdagi taniqli jinoyatchilardan biri bo‘lgan Harland Rast rolini ijro etgan. Syujyetga ko‘ra uning nabirasini tasodifiy qotillikda ayblashadi va osishga hukm qilishadi. Shunda Rast uni qamoqdan ozod etish uchun Kanzasga otlanadi. Vesterndagi voqealar XIX asrda bo‘lib o‘tgan.

Payshanba kuni 63 yoshli Bolduin Instagramdagi sahifasida suratga olish maydonida olingan suratini quyidagi so‘zlarni ilova qilgan holda joylashtirgandi. «Yo Xudoyim, bu naqadar og‘ir ish». Hozirda bu post o‘chirilgan.

Filmni suratga olish jarayonida o‘q uzilishi oqibatida ijodkorlardan birining vafot etishi bilan bog‘liq eng mashhur holat 1993 yilda qayd etilgandi, o‘shanda Bryus Lining o‘g‘li Brendona Li «Quzg‘un» filmini suratga olish vaqtida noto‘g‘ri o‘qlangan to‘pponchadan o‘q otilib ketishi oqibatida halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: