O‘zbekistonda oltin uchun ETF’lar paydo bo‘ladi – Moliya vazirligi 

Iqtisodiyot 19:41 / 13.09.2021 15229

O‘zbekistonda birja investitsion fondlari (ETF), shu jumladan, oltin uchun ham ETF’lar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

11 sentyabr kuni kapital bozoriga bag‘ishlangan III Xalqaro obligatsiyalar konferensiyasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha yangiliklar bo‘lishi ta'kidlandi. Bular:

  • kelgusi 3 yil ichida 15 ta IPO kutilmoqda, shulardan 5 tasi davlat banki, 3 ta sug‘urta kompaniyasi hamda metallurgiya va boshqa kompaniyalarga tegishli;
  • oltin uchun ETF, ipoteka obligatsiyalari, sukuk obligatsiyalari;

(ETF - Exchange Traded Fund, birja savdo fondidir. U savdoga qo‘yilgan indeks fondi sifatida belgilanadi. Indeks fondlari o‘zgaruvchan daromadga ega bo‘lgan investitsiya fondlari deb ta'riflanadi. U indeks va fond o‘rtasidagi gibrid. Ushbu gibrid ikkita asosiy narsaga xizmat qiladi: investitsiya jarayonini yengillatish va investorga indeks tomonidan taqdim etilgan rentabellikka erishish)

  • inflatsiyaga bog‘langan obligatsiyalarini chiqarilishi;
  • qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan xalqaro depozitariy o‘rtasida, mahalliy fond birjasi va valuta birjasining o‘zaro bog‘liqligi takomillashadi;
  • depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratiladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: