«Jahon savdo tashkilotiga a'zolik inflatsiyaning yaxshigina pasayishiga zamin yaratadi» – Behzod Hamroyev

Iqtisodiyot 19:00 / 13.09.2021 15724

«Mehnat unumdorliginining oshishi inflatsiyani pasaytirishning eng asosiy omilidir. Yashil iqtisodiyotga o‘tish va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorlashuvi inflatsiya pasayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, oxirgi 4-5 yildan beri ko‘rib chiqilayotgan mavzu bor – Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish masalasi. O‘rta muddatli istiqbolda tashkilotga a'zolik ham inflatsiyaning yaxshigina pasayishiga zamin yaratadi. Buni Rossiya va Qozog‘iston misolida ham ko‘rishimisz mumkinki, JSTga a'zolik bu mamlakatlarda inflatsiyaga bevosita ta'sir o‘tkazgan. Ko‘pchilik shunday savol bilan murojaat qilyapti: nimaga 5 foiz daraja belgilangan, masalan, 6-7 foiz yoki 3 foiz emas? Bu ko‘rsatkich asosiy savdo mamlakatlarimizdagi inflatsiya darajasidan kelib chiqib belgilangan miqdor. Eng katta savdo hamkorlarimiz Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya kabi mamlakatlarda o‘rta muddatli inflatsiya darajasi 4-5 foiz atrofida. Biz ham shu davlatlar kabi 5 foizlik ko‘rsatkichga tushira olsak, milliy valutaga bosim ham kamayadi. Kurs barqarorligi, mehnat unumdorligi, raqobat va erkinlashtirish inflatsiyaning past darajada ushlab turilishini ta'minlaydigan omillardir», – dedi mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: