Paralimpiada – taqdir sinovida sinmagan mardlar musobaqasi. Tokiodagi o‘yinlar suratlarda

Sport 05:25 / 07.09.2021 27378

An'anaga ko‘ra olimpiada o‘yinlaridan keyin paralimpiada o‘yinlari ham o‘tkaziladi. Koronavirus sabab 5 yil kutilgan bu galgi bahslarda ham o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etishdi. 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik atletlar umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.

Paralimpiada musobaqalari o‘zbekistonlik atletlarning muvaffaqiyatli ishtirokidan tashqari butun dunyodan kelgan irodali atletlarning mardonavor chiqishlari bilan ham yodda qoldi. Bu o‘yinlarda qatnashayotgan har bir atlet taqdirning sog‘lom odamlarni chetlab o‘tgan og‘ir sinovlariga duch kelgan. Shunga qaramay, minglab atletlar sportga oshno tutunib, katta musobaqalarni kutib yashaydi. Bu esa ularga yashashga bo‘lgan intilish beradi.

Paralimpiadaning oddiy olimpiadadan ustunligi shundaki, uni ko‘rgan millionlab tanasida qandaydir nuqsoni bor odamlarda ham sport bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ladi. Bugungi paralimpiada qatnashchilari ham vaqtida kimningdir o‘zi kabi sinovlarga dosh berib sportchi bo‘lganini ko‘rib, zalga borishni boshlagan axir.

Shuningdek, qo‘lsiz, oyoqsiz hatto ko‘zi ojiz bo‘laturib sport bilan sog‘lom insonlar kabi shug‘ullanayotgan bu qahramon insonlarni ko‘rib millionlab sog‘lom insonlarda shukronalik hissi ham paydo bo‘lsa kerak. Sportchilar xafa bo‘lishmasin, paralimpiada oddiy olimpiadadan mana shu jihatlari bilan yaxshiroqdir.

Bu o‘yinlarda qatnashgan hamma ham sovrindor bo‘lolmaydi, lekin shunisi aniqki, paralimpiada bahslarida ishtirok etgan, murabbiylik qilgan barcha insonlar chinakam qahramonlardir. Taqdirning sinoviga labbay deb javob berib, kurashishda davom etayotgani uchun ham qahramon ular. Quyida Tokio paralimpiadasida mardonavor ishtirok etgan atletlarning ishtiroklarini suratlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Niderlandiyalik Shantal Zeyderveld 100 metrga suzish bahslarida qo‘lga kiritgan oltin medalini nishonlamoqda
Amerikalik parabasketbolchilar Maykl Payye va Mett Skott Yaponiya mag‘lub etilgan «oltin» o‘yindan keyin
Avstraliyalik Medison de Rozario marafonda marraga birinchi, shveysariyalik Manuela Shayer ikkinchi bo‘lib kirib kelmoqda
19 yoshli italiyalik Ambro Sabatini 100 metrga yugurishda chempion bo‘ldi
Ko‘zi ojizlar va ko‘rishda muammosi borlar o‘ynaydigan golbol bahslari g‘olibi Braziliya milliy jamoasi atletlari g‘alabani nishonlamoqda
Yangi Zelandiya jamoasi a'zosi Holli Robinson nayza uloqtirish bahslarida oltin urinishni amalga oshirmoqda
Tennis bo‘yicha uch karra paralimpiada chempioni Stefan Hude juftlik bahslarida to‘pni qaytarmoqda
Italiyalik Martina Kaironi uzunlikka sakrash bahslarida
Yaponiya va Avstraliya erkaklar jamoasi basketbol bahslarida
Amerikalik Ezra Frex balandlikka sakrash bahslarida
Amerikalik Mett Stutzman o‘q otish bahslarida ishtirok etmoqda
Shveytsariyalik Marchel Hug 1500 metrga poygada marraga birinchi bo‘lib kirib kelmoqda
Meksikalik Monika Olivia Rodriges va murabbiyi Kevin Teodoro. Monika 1500 metrga yugurishda oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik Asila Mirzayorova hamda murabbiyi Sardor Abduxoliqov navbatdagi startga tayyorlanmoqda. Asila uzunlikka sakrash bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik Asila Mirzayorova hamda murabbiyi Sardor Abduxoliqov navbatdagi startga tayyorlanmoqda. Asila uzunlikka sakrash bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Xitoylik Tao Zen 50 metrga chalqancha suzish bahslarida qatnashmoqda. Suzishda qo‘lsiz va oyoqsiz sportchilarni ko‘p uchratish mumkin
Oyog‘i kesilgan, qo‘lida ham nuqsoni bor avstraliyalik Rayli Batt regbi bahslarida yiqilib tushgan holat
JARlik Ntondo Malangu erkaklar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash bahslarida g‘olib bo‘ldi. Bunga uning ikkita oyog‘i yo‘qligi ham xalaqit bermadi
Yana bir qo‘lsiz atlet, turkiyalik Sevilay O‘zturk 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida qatnashyapti
Ispaniyalik Rikardo Argiles velosport musobaqalarida. U ikkala qo‘lining barmoqlari yo‘qligiga qaramay, bu sport bilan professional darajada shug‘ullana olmoqda
Braziliyalik Xosemarsiya Souza golbol bahslaridagi AQShga qarshi o‘yinda to‘pni qaytarmoqda. Bu o‘yindagi maxsus to‘p ichida shiqildoq bo‘ladi va ko‘zi ojiz o‘yinchilar shu orqali to‘pni his qilishadi
Misrlik Ibrohim Hamadtou 10 yoshligida poyezddagi avariya sabab ikki qo‘lidan ayrilgan, ammo irodasi so‘nmagan Ibrohim stol tennisi bilan shug‘allana boshladi. U raketkani og‘zi bilan ushlaydi
27  yoshli meksikalik Gustavao Martinesda bitta sog‘lom qo‘l bor. Shunga qaramay, u suzish bo‘yicha ikki karra paralimpiada chempioni hisoblanadi
Avstraliyalik tennischi Dilan Alkot kortni tozalashda sportchilarga yordam bermoqda
Germaniyalik velopoygachi Denis Shindler oyog‘idagi nuqsoni bilan Tokio paralimpiadasida bronza medal yutdi
Isroillik Yuliya Gordiychuk hamda argentinalik Daniyela Ximenes 200 metrga suzish bahslaridan keyin
Parataekvondochilar o‘zbekistonlik Guljanoy Naimova (oltin) hamda braziliyalik Debora Bezerra (kumush) bir-birlarining medalini ko‘tarib turishibdi
Avstraliyalik Vanessa Lou uzunlikka sakrash bahslarida oltin urinishni amalga oshirmoqda
Paralimpiya o‘yinlarida kyorlingga o‘xshagan to‘pda o‘ynaladigan bochcho sporti bor. Tokioda bronza medalini qo‘lga kiritgan braziliyalik Xose Karlos portugaliyalik Andre Ramos ustidan g‘alabani nishonlamoqda
Yadro uloqtirish bahslarida ikkinchi va uchinchi bo‘lgan germaniyalik Niko Kappel hamda amerikalik Xagan Landri bir-birini tabriklamoqda. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonlik Bobur Omonov chempion bo‘lgandi
Tokio paralimpiadasi chempioni Bobur Omonov
Bolaligida miningit sabab oyog‘idan ayrilgan braziliyalik suzuvchi Andrey Pereyra startdan oldin pratezini olib qo‘ymoqda
Tokio paralimpiadasi mana shunday mushakbozlik bilan yakunlandi

 

Ko‘proq yangiliklar: