Yevroittifoqda aholining qariyb uchdan bir qismi koronavirusga qarshi emlandi

Jahon 21:08 / 17.05.2021 3371

Yevroittifoqda aholining qariyb 32 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasini oldi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Dana Spinant ma'lum qildi.

Uning ma'lumot berishicha, YeI mamlakatlariga 237,5 mln doza vaksina yetkazib berilgan va 196,5 mln vaksinatsiya amalga oshirilgan.

"Aholining 31,8 foizi vaksinaning hech bo‘lmaganda bir dozasini oldi", – deb yozdi Spinant.

5 may kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen YeIda 150 mln kishi koronavirusga qarshi emlanganini aytgandi.  

Hozirda Yevropa ittifoqida Pfizer, Moderna, AstraZeneca hamda Janssen vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: