“Tarixni qonli qo‘llaringiz bilan yozyapsiz”. Erdo‘g‘an Baydenni Isroilga qurol sotayotgani uchun tanqid qildi

Jahon 23:17 / 17.05.2021 42099

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Jo Baydenni Isroilga 735 mln dollarlik qurol sotayotgani uchun tanqid qildi

 "Janob Bayden, afsuski, qonga botgan qo‘llaringiz bilan tarix yozyapsiz. Bu so‘zlarni aytishga majbur qildingiz", – dedi u Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

 Avvalroq Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

 Jerusalem Post nashrining yozishicha, shartnoma qiymati 735 mln dollarni tashkil etadi. Dushanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden shartnomani ma'qullagan.

«Isroil AQShdan birinchi navbatda o‘ta aniqlikdagi raketalar va maxsus aslahalar sotib oladi», — deyilgan nashr xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: