G‘azoda Isroil havo zarbalari oqibatida vaqf va din ishlari vazirligi binosi vayron bo‘ldi

Jahon 22:45 / 17.05.2021 9351

Isroilning G‘azo sektoriga zarbalar berishi natijasida vaqf va din ishlari vazirligi binosi vayron bo‘ldi. Bu haqda Al-Aqsa TV telekanali xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, G‘azoning g‘arbiy qismida joylashgan hukumat binosiga havodan hujum qilingan. 

Bu Falastin anklavida hujum oqibatida vayron bo‘lgan birinchi vazirlik emas. 16 may kuni Isroil jangovar aviatsiyasi mehnat vazirligi binosini vayron qilgan, ijtimoiy rivojlanish vazirligi binosiga sezilarli zarar yetkazgandi.

Bundan tashqari, HAMAS harakatining bosh qarorgohi va IIV ofislari ham bir necha marta bomba hujumiga uchradi. Bundan tashqari, Isroil G‘azodagi bir nechta ko‘pqavatli binolarni yer bilan yakson qildi.

Ko‘proq yangiliklar: