2 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan bola Rossiyadan topilib, onasiga qaytarildi

Jamiyat 23:21 / 17.05.2021 17613

Bu qaror bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Jondor tumani bo‘limi ijro harakatlariga kirishgan.

Byuro ma'lumotiga ko‘ra, olib berilishi lozim bo‘lgan bola otasi bilan Rossiyaga chiqib ketgani sababli davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetmagan Amirxonga qidiruv e'lon qilingan.

Qidiruv tadbirlari natijasida voyaga yetmagan Amirxon Rossiyadan topilib, O‘zbekistonga olib kelindi va onasi bag‘riga qaytarildi, deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, MIB – Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi MDH shartnomasining sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning joylashgan joyini aniqlash qismi bo‘yicha halqaro hamkorlikni amalga oshirish uchun vakolatli organ hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: