Italiya chempionati. «Jyenoa» «Atalanta»ga yengildi, Shomurodov ikkita gol urdi

Sport 20:18 / 15.05.2021 18993

Uchrashuvning birinchi bo‘limidan keyin mehmonlar uchta gol farqi bilan hisobda oldinga chiqib, g‘alabani deyarli rasmiylashtirgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, o‘yinda burilish yasay oldi. 

Maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib, 48-daqiqada Eldor ajoyib zarbasi bilan hisobdagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, orada Pashalich farqni yana uchtaga yetkazdi. 67-daqiqada Pandev penaltidan hisobni qisqartirdi, 84-daqiqada esa Shomurodov yana katta sahnaga chiqdi. Eldor darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi – 3:4.

Ushbu gol evaziga Eldor Shomurodov A Seriyadagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi. Bu o‘zbekistonlik hujumchining Italiya chempionatidagi 7-goliga aylandi. 

Natijada «Atalanta» 78 ochko bilan 2-o‘rindagi o‘rnini mustahkamlab, YeChL yo‘llanmasiga yaqin kelgan bo‘lsa, «Jyenoa» 39 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Klub A Seriyada qolish vazifasini bajargan.

A Seriya. 37-tur
Jyenoa – Atalanta 3:4

Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Shomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Shomurodov.
Jyenoa – Marketti, Gilone (Portanova, 57), Masello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (Eldor Shomurodov, 46), Zayts (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyatsa, Destro (Pandev, 46).
Atalanta – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk, Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).

Ko‘proq yangiliklar: