«Nasaf» OFK kubogini Qirg‘iziston klubi ustidan yirik g‘alaba bilan boshladi

Sport 19:06 / 14.05.2021 10312

Turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ro‘ziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoa Dushanbeda Qirg‘izistonning «Oloy» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi. 

Dastlabki bo‘limda qator imkoniyatlarga qaramay, hisob ochilmagan bo‘lsa-da, qarshiliklar ikkinchi bo‘limda raqib darvozasini birin-ketin ishg‘ol etishdi. Suhrob Nurulloyev, Shoxmalik Komilov, Husayn Norchayev va Husniddin Aliqulovning gollari «Nasaf»ga «Oloy» ustidan yirik g‘alaba va «F» guruhi peshqadamiga aylanib olishini ta'minladi – 4:0.

OFK Kubogi-2021. «F» guruhi. Dushanbe.
«Nasaf» - «Oloy» (Qirg‘iziston) - 4:0
Gollar
: Suhrob Nurulloyev 52, Shoxmalik Komilov 58, Husayn Norchayev 64, Husniddin Aliqulov 76.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne'matov, 8. Dilshod Saitov (4. Husniddin Aliqulov, 70), 5. G‘olib G‘aybullayev, 92. Umar Eshmurodov, 15. Jo‘rabek Mannonov (20. Suhrob Nurulloyev, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 50. Shoxmalik Komilov (28. Sardor Sa'dullayev, 78), 88. Marko Stanoyevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (14. Shokir Yo‘ldoshev, 70), 19. Husayn Norchayev (25. Muhriddin Zoirov, 78).
«Oloy»: 16. Daniel Polyakov, 4. Aydar Mambetaliyev, 14. Oybek Abdug‘afforov, 21. Almazbek Malikov, 7. Ahliddin Isroilov (9.Nurbolot Irisbekov, 67), 10. Emmanuel Yagr, 11. Eldar Moldojunusov, 12. Erlan Masharipov, 19. Nurdolot Stalbekov (25.Shoxruh Askerov, 88), 20. Tijani Belaid (5.Adilet Nurlan Uulu, 81), 27. Akramjon Umarov.

Ko‘proq yangiliklar: