Yoshlar ittifoqi rahbariyatida lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston 16:00 / 19.04.2021 9050

16 aprel kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining kollegial yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, Shavkat Zayniddinov Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

Shavkat Zayniddinov

Shavkat Zayniddinov 1983 yil 21 avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, 2006-2010 yillarda Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti talabasi bo‘lgan.

U turli yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tizimlarida va tashkilot tugatilgach, Yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyat boshqarmasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Yig‘ilishda markaziy kengash raisining kadrlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari ham saylangan. Unga ko‘ra, shu paytga qadar Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan Sherzod Olimov bu lavozimni egallagan.

Sherzod Olimov

Sherzod Olimov 1988 yil 20 iyunda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Jumaboyevdan keyin ushbu lavozim vakantligicha qolmoqda. Tashkilot matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, navbatdagi kollegial yig‘ilishda tashkilotga rais saylash masalasi ham ko‘rilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: