Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bugundan masofaviy ta'lim shakliga o‘tdi

O‘zbekiston 11:32 / 19.04.2021 6540

Universitet professor o‘qituvchilari hamda talabalari orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlangan. Shu munosabat bilan universitetda o‘quv jarayoni bugundan onlayn shaklda davom etmoqda.

“Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda, 2021 yilning 19 aprel sanasidan o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazildi. Epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng an'anaviy o‘quv jarayoniga qaytish haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlangani va OTM masofaviy ta'limga o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 25 mart kuni Toshkent moliya instituti va Toshkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga o‘tkazilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: