Toshkent Besh tashabbus harakati so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 16:45 / 19.04.2021 1908

Hozirga qadar harakat mehmonlari sifatida 10300 nafarga yaqin odam ro‘yxatdan o‘tishga ulgurgan. Ularning 7200 nafarini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi.

Shuningdek, ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni deyarli 3000 nafarga yetdi. Ular madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, mutolaa va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

«Sport musobaqalarida qatnashish uchun arizalar soniga qarab yoshlarimiz sportni qanchalik sevishini anglasa bo‘ladi. Masalan, faqatgina futbol turnirida qatnashish uchun o‘rtacha 6-7 kishidan iborat 155ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan. Bu 1000ga yaqin yosh futbolchi degani. Basketbol turnirida qatnashuvchilar soni esa allaqachon 100 nafardan oshgan. 

«X loyihasi» g‘oyalar tanlovida o‘zining IT-qobiliyatlarini 45 nafar odam namoyon etmoqchi. Jamoalardan Toshkentni rivojlantirishga oid mualliflik loyihalarini taqdim etish talab etilgan Ayollar netvorkingi haftaligida esa 50 nafar qiz qatnashishga qaror qilgan.

Tadbir doirasidagi tanlovlar orasida eng ko‘p yoshlar e'tiborini «Zakovat» intellektual bahsi o‘ziga tortdi va hozircha unda 1860 kishi o‘z bilimlarini namoyon etishga bel bog‘lagan.

Biroq bu hali yakuniy raqamlar emas. Ular ortishda davom etmoqda, ro‘yxatga olish esa hali tugagani yo‘q», deyiladi tadbir tashkilotchilari tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda. 

Ko‘proq yangiliklar: