Litseylarga o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston 08:28 / 19.04.2021 4457

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qaror loyihasi O‘zbekiston prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 3 dekabrdagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Prezident qarori talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarori bilan tasdiqlangan akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda mazmuni takomillashtirildi.

Loyiha bo‘yicha:

  • akademik litseylarga xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish uchun belgilangan kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish;
  • akademik litsey pedagog xodimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish;
  • tanlov asosida ishga qabul qilish shaffof va markazlashtirilgan elektron mexanizm orqali amalga oshirilishi, onlayn tarzda vakant o‘rinlarga o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid ma'lumotlarni e'lon qilish hamda arizalarni qabul qilish belgilab qo‘yildi.

Akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish adolatli, shaffof tarzda o‘tkaziladi, o‘qituvchilar saralab olinadi hamda o‘qitish sifati va samaradorligi oshadi, deyiladi loyihada.

Ko‘proq yangiliklar: